
Buxoro bug‘usini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi
OLUR–O‘zbekiston loyihasi ishchi guruhi Ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘ining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Buxoro bug‘usi bo‘yicha ko‘p yillik ekspert Natalya Marmazinskaya bilan birgalikda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bug‘usining hozirgi yashash hududini o‘rganish, shuningdek, uning yashash sharoitlarini

