
«Eco Expo Central Asia 2026» xalqaro ko‘rgazmasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Barqaror rivojlanish va “yashil” transformatsiya sohasidagi mintaqaning eng yirik tadbirlaridan biri — «Eco Expo Central Asia 2026» xalqaro ekologik ko‘rgazmasida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Ro‘yxatdan ecoexpo.uz rasmiy sayti orqali o‘tish mumkin. Tadbir 2026-yil 2–4-iyun kunlari qadimiy Samarqand shahridagi «Silk Road Samarkand» zamonaviy xalqaro turizm majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada
