
Green University huzurida har bir hududda yashil texnikumlar ish boshlaydi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida 12-may «Ekologik ta’lim kuni»ga bag‘ishlab, respublikada “yashil” texnikum faoliyatini yo‘lga qo‘yish va sifatli ta’lim tizimini joriy qilish, xalqaro standartlarga moslashtirish kabi masalalarga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 110-son qaroriga
