
O‘zbekistonda bioxilma-xillik ma’lumotlarini boshqarish bo‘yicha yagona ECODATA platformasi ishga tushirildi
28-iyul – “Butunjahon tabiatni muhofaza qilish” kuni munosabati bilan Toshkent shahrida bioxilma-xillik va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha yangilangan elektron geoinformatsion ma’lumotlar bazasi – ECODATA platformasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi raqamli platforma ekologiya sohasidagi tarqoq ma’lumotlarni yagona tizimga birlashtirish hamda mamlakatning tabiiy merosini o‘rganish, monitoring qilish va muhofaza
