
O’zbekistonda «Toza havo» oyligining ikkinchi bosqichi boshlandi
10-avgustdan boshlab O’zbekiston hududlarida foydalanilayotgan avtotransport vositalarining texnik va ekologik holati ustidan davlat ekologik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan «Toza havo» oyligining ikkinchi bosqichi boshlandi. Tadbirlar O’zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonunining 16, 17 va 28-moddalari, shuningdek, «Ekologik nazorat to’g’risida»gi Qonunning 11-moddasi talablarini bajarish maqsadida Ekologiya va iqlim o’zgarishi milliy
