
Toshkentda “Aral Sea Wetlands” loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi vakolatxonasida, Global ekologik jamg‘arma (GEF) hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzulga uchragan yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq va qirgʻoqboʻyi hududlarini saqlash hamda boshqarish” (Aral Sea Wetlands) qo‘shma loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
