
Qushlar uchun inlar o‘rnatilib, ozuqa mahsulotlari tarqatildi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Toshkentdagi Adiblar xiyobonida «Qishda qushlarga ko‘mak» aksiyasi o‘tkazildi. 3-fevral — «Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni»ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda yosh ekofaollar, maktab o‘quvchilari, volontyorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Aksiya davomida yosh o‘g‘il-qizlar tomonidan o‘zlari yasagan qush inlari daraxtlarga

