
Ekomadaniyat, ekota’lim va “yashil” standartlar: Ekologiya qo‘mitasi tizim tashkilotlari hisobotlari tinglandi
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi Qo‘mita bosh boshqarmalari va tizim tashkilotlari faoliyati taqdimoti, ularning ish natijalari hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Yig‘ilishni Jamoatchilik kengashi raisi Natalya
