COP31: Özbekiston milliy pavilyoniga taşrif buyuring!

COP31: Özbekiston milliy pavilyoniga taşrif buyuring!

Özbekiston 8–20-noyabr kunlari Turkiyaning Antalya şahrida ötkaziladigan COP31 konferensiyasida öz milliy pavilyonini taqdim etadi.
COP31: Özbekiston milliy pavilyoniga taşrif buyuring!

Iqlim moliyasi va toza energiyadan tortib, suv xavfsizligi, bioxilma-xillikni asraş hamda iqlim özgarişiga çidamli şaharlarni rivojlantirişgaça — Özbekiston pavilyonidagi tadbirlar iqlim böyiça amaliy yeçimlarni ilgari surişga xizmat qiladi.

Dastur doirasida xalqaro hamkorlar, davlat idoralari vakillari, olimlar, tadbirkorlar va yoş yetakçilar bir maydonda jamlanib, dolzarb iqlim masalalarini muhokama qiladi, tajriba almaşadi va yangi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantiradi.

Özbekiston pavilyoni mamlakatimizning iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, «yaşil» iqtisodiyotga ötiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi taşabbuslarini xalqaro maydonda namoyiş etiş uçun muhim platformaga aylanadi. Bu yerda ilgari suriladigan ğoyalar va taşabbuslar iqlim böyiça qabul qilingan majburiyatlarni aniq amaliy harakatlarga aylantirişga, barqaror kelajak yölida hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan.

Özbekiston pavilyonida bizga qöşiling! Fikr almaşing, yangi hamkorliklarni yölga qöying va iqlimiy majburiyatlarni amaliy natijalarga aylantirişga öz hissangizni qöşing.

https://gov.uz/oz/eco/news/view/239552

Scroll to Top