Çang böronlarini aniqlaş va ularning tarqalişini örganiş böyiça xalqaro trening boşlandi

Çang böronlarini aniqlaş va ularning tarqalişini örganiş böyiça xalqaro trening boşlandi

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi “Green University”da qum va çang böronlarini aniqlaş, ularning tarqaliş yönalişlarini örganiş hamda atmosfera havosi sifatiga ta’sirini baholaşga bağişlangan xalqaro amaliy trening öz işini boşladi. Trening BMTning Atrof-muhit böyiça dasturi (UNEP) va Finlyandiya meteorologiya instituti (FMI) hamkorligida, Yaponiya hukumati tomonidan moliyalaştirilayotgan loyiha doirasida taşkil etilmoqda.
Начался международный тренинг по выявлению пыльных бурь и изучению их распространения Начался международный тренинг по выявлению пыльных бурь и изучению их распространения
Начался международный тренинг по выявлению пыльных бурь и изучению их распространения Начался международный тренинг по выявлению пыльных бурь и изучению их распространения
Начался международный тренинг по выявлению пыльных бурь и изучению их распространения   Начался международный тренинг по выявлению пыльных бурь и изучению их распространения
Начался международный тренинг по выявлению пыльных бурь и изучению их распространения

Ma’lumot uçun, loyiha Termiz şahrida qum va çang böronlari hamda havo ifloslanişi bilan boğliq xavflarga nisbatan aholi va soğliqni saqlaş tizimining barqarorligini oşirişga qaratilgan. Bugungi kunda qum va çang böronlari Markaziy Osiyo mintaqasida atmosfera havosi sifatiga ta’sir etuvçi muhim ekologik omillardan biri hisoblanadi. Bunday hodisalar havodagi muallaq zarraçalar konsentratsiyasining ortişiga, aholi salomatligi uçun xavflarning kuçayişiga hamda atrof-muhit holatining yomonlaşişiga sabab bölişi mumkin. Şu bois çang böronlari manbalarini aniqlaş, ularning rivojlanişi va tarqalişini kuzatiş hamda ehtimoliy oqibatlarini baholaş ilmiy-amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

Treningning asosiy maqsadi mahalliy mutaxassislarning qum va çang böronlarini monitoring qiliş, tahlil etiş va tavsiflaş böyiça bilim hamda amaliy könikmalarini mustahkamlaş, şuningdek, yer usti kuzatuvlari, meteorologik körsatkiçlar va sun’iy yöldoş ma’lumotlarini özaro integratsiyalaş asosida kompleks tahlil usullarini özlaştirişdan iborat. Unda iştirokçilar atmosfera havosidagi PM10, PM2,5 va umumiy muallaq zarraçalar konsentratsiyasi haqidagi ma’lumotlardan foydalanib, çang böronlari epizodlarini aniqlaş, ularning davomiyligi va jadalligini baholaş, şuningdek, tegişli meteorologik şaroitlarni tahlil qiliş böyiça amaliy maşğulotlarda qatnaşadilar. Şuningdek, sun’iy yöldoş tasvirlari va atmosfera aerozollariga oid ma’lumotlarni oliş, vizualizatsiya qiliş hamda talqin etiş, çang oqimlarini kuzatiş va havo massalarining teskari trayektoriyalarini hisoblaş orqali çangning ehtimoliy manbalari va tarqaliş yönalişlarini aniqlaş masalalari örganiladi.

Amaliy maşğulotlar davomida Termiz şahrida kuzatilgan qum va çang böronlari hamda havodagi muallaq zarraçalar konsentratsiyasi yuqori bölgan holatlar misolida tahliliy tadqiqotlar olib boriladi. Iştirokçilar yer usti monitoringi natijalari, meteorologik ma’lumotlar va sun’iy yöldoş kuzatuvlarini özaro taqqoslaş orqali çang böronlarining xususiyatlarini aniqlaş hamda ularni mahalliy, içki-mintaqaviy yoki transçegaraviy hodisalar sifatida tasniflaş yondaşuvlariga e’tibor qaratadilar.

Bundan taşqari, tanlangan holatlar böyiça guruhli tahlillar ötkazilişi, olingan natijalar muhokama qilinişi va çang böronlari epizodlarini baholaş mezonlari işlab çiqilişi rejalaştirilgan. Jumladan, hodisaning geografik qamrovi, davomiyligi, çangning ehtimoliy manbasi, tarqaliş yönalişi hamda tahlil natijalaridagi noaniqlik darajasi baholanadi.

Şu bilan birga, mahalliy hamkorlar, tadqiqotçilar va soha ekspertlari örtasida tajriba almaşiş, tahlil natijalarini yagona metodologik yondaşuv asosida hujjatlaştiriş hamda işlab çiqilgan usullarni tegişli milliy muassasalar faoliyatiga tatbiq etiş imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Trening yakunida qum va çang böronlari epizodlarini tahlil qiliş böyiça amaliy metodologiya, tahlil jarayonining bosqiçlari, hujjatlaştiriş şablonlari va tegişli ma’lumotlar töplamlaridan foydalaniş böyiça tavsiyalarni şakllantiriş közda tutilgan. Uşbu natijalar kelgusida atmosfera jarayonlarini modellaştiriş, qum va çang böronlarini prognozlaş hamda erta ogohlantiriş tizimlarini rivojlantirişga qaratilgan keyingi tadbirlar uçun metodologik asos bölib xizmat qiladi.

https://gov.uz/oz/eco/news/view/238872

Scroll to Top