


Uchrashuv davomida cho‘l hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, BAAning “Oziq-ovqat texnologiyalari vodiysi”ni tashkil etish va rivojlantirish borasidagi tajribasi, ilg‘or texnologiyalarni qurg‘oqchil iqlim sharoitida qo‘llash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Amna Bint Abdulloh O‘zbekistonda Milliy gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi markazini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyalashtirish, zamonaviy texnologiyalar va ekspert salohiyatini jalb etishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Bundan tashqari, BAA vaziriga O‘zbekistonda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan milliy loyiha va tashabbuslar taqdim etildi. Loyihalar Amna Bint Abdullohda katta qiziqish uyg‘otib, yuqori baholandi.
Shuningdek, uchrashuvda “Green University” huzuridagi Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari markazi direktori G‘ulom Beknazarov markaz faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Yakunda tomonlar iqlim barqarorligini ta’minlash, suv resurslarini tejash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda qurg‘oqchil hududlarni barqaror rivojlantirish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlik va tajriba almashinuvini yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidlashdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/211959
