
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida bioxilma-xillik va eko-madaniyatga doir tashabbuslar ko‘rib chiqildi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda qo‘mita xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishning asosiy mavzusi biologik xilma-xillikni saqlash va aholining ekologik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlar


