Juan

O‘zbekiston Koreya Respublikasida Markaziy Osiyoda “yashil» hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz  Abduhakimov Koreya Respublikasida o‘tkazilgan O‘rmonlar va iqlim masalalari bo‘yicha Koreya – Markaziy Osiyo vazirlar forumi hamda Vazirlar dialogida ishtirok etdi. Forumda O‘zbekistonning ko‘kalamzorlashtirish va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash sohasidagi natijalari va ustuvor yo‘nalishlari taqdim

Read More »

COP31: O‘zbekiston Milliy pavilyoni xalqaro hamkorlik maydoniga aylanadi

Joriy yilning 9–20-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida BMTning iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan COP31 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston ham o‘z Milliy pavilyoni bilan ishtirok etadi. Pavilyonda mamlakatning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish borasida amalga oshirayotgan ishlari hamda istiqboldagi loyihalari xalqaro hamjamiyatga taqdim etiladi. Milliy pavilyon

Read More »

«Green University»da malaka oshirish kursiga qabul boshlandi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da atrof-muhitga ta’sirni baholash (ATB) materiallari hamda ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun malaka oshirish kursiga qabul e’lon qilindi. Kurs Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan

Read More »

Chiqindidan elektr energiyasi olishga doir loyihalar yanada jadallashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ularni qayta ishlash va elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari taqdim etildi. Ma’lumot uchun, 2026–2027-yillarda 6 ta yirik loyiha amalga oshiriladi. Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy qiymati 933 mln dollarga teng. Hozirga qadar 286,8 mln dollar investitsiya o‘zlashtirilgan, 76,6 mln dollarlik

Read More »

Ekologik loyihalarga xalqaro moliyalashtirishni jalb etishda UNCCD bilan hamkorlik kuchaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov BMTning Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi (UNCCD) Ijrochi kotibi Yasmin Fuad bilan uchrashdi. COP17 konferensiyasi doirasida Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan uchrashuvda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, cho‘llanishga qarshi kurashish hamda qum va chang bo‘ronlarining salbiy ta’sirini kamaytirish borasida mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari

Read More »

Texnologiyalar, moliyalashtirish va ekspertiza: O‘zbekiston va BAA iqlim sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqda

Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Birlashgan Arab Amirliklarining iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit masalalari vaziri doktor Amna Bint Abdulloh bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida cho‘l hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli qishloq xo‘jaligi

Read More »

Degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash bo‘yicha mintaqaviy yondashuvlar muhokama qilindi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 17-sessiyasi (UNCCD COP17) doirasida Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida “One Steppe Forward: Shimoliy va Markaziy Osiyoda yerlarni tiklash va barqarorlikni oshirish bo‘yicha mintaqaviy muloqot” mavzusida mintaqaviy muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, yaylovlardan barqaror foydalanish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning amaliy

Read More »

COP17 doirasida yerlarni tiklash uchun investitsiyalarni jalb etish tashabbuslari taqdim etildi

BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 17-sessiyasi (UNCCD COP17) doirasida O‘zbekiston Milliy pavilyonida “Investitsiyalardan natijalarga” mavzusida parallel tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, iqlimga chidamlilikni oshirish va muvaffaqiyatli ekologik yechimlarni keng miqyosda joriy etish uchun investitsiyalarni samarali jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Read More »

Toshkentda “Aral Sea Wetlands” loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi vakolatxonasida, Global ekologik jamg‘arma (GEF) hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzulga uchragan yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq va qirgʻoqboʻyi hududlarini saqlash hamda boshqarish” (Aral Sea Wetlands) qo‘shma loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Read More »

O’zbekiston «COP17″da milliy pavilyon bilan faol ishtirok etmoqda

Mo’g’uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida Cho’llanishga qarshi kurashish bo’yicha BMT Konvensiyasi (UNCCD COP17) Tomonlar konferensiyasining 17-sessiyasi o’z ishini boshladi. Tadbir 17–28 avgust kunlari «Yerlarni tiklash. Umidni tiklash» shiori ostida o’tkazilmoqda.Mo’g’uliston Bosh vaziri Nyam-Osoryn Uchral Ulan-Batorda bo’lib o’tayotgan «COP17» konferensiyasida taqdim etilgan O’zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurib, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda

Read More »
Scroll to Top